Sura Saba (Sabaʼ — سبأ) (Oyat 12)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




34 Saba(سبأ), Oyat 12

وَلِسُلَيْمَانَ الرِّيحَ غُدُوُّهَا شَهْرٌ وَرَوَاحُهَا شَهْرٌ ۖ وَأَسَلْنَا لَهُ عَيْنَ الْقِطْرِ ۖ وَمِنَ الْجِنِّ مَنْ يَعْمَلُ بَيْنَ يَدَيْهِ بِإِذْنِ رَبِّهِ ۖ وَمَنْ يَزِغْ مِنْهُمْ عَنْ أَمْرِنَا نُذِقْهُ مِنْ عَذَابِ السَّعِيرِ 12 ١٢

Va Sulaymonga shamolni (berdik). U(shamol)ning ertalab ketishi bir oylik, kechqurun qaytishi bir oylik yo`l edi. Unga mis bulog`ini oqizib qo`ydik va jinlardan Robbining izni ila uning huzurida ishlaydiganlari bor edi. Ulardan kim amrimizdan chiqsa, unga qattiq olov azobini tottiramiz. (12)

Tafsir
Sulaymon ibn Dovud alayhimassalomga shamolni boʻysundirib qoʻydik. Uning esishi ertalab bir oylik masofa, kechqurun ham bir oylik masofa. Sulaymonga misni ham oqizib qoʻydik. Toki, undan istagan narsasini yasay olsin. Unga jinlarni ham boʻysundirib qoʻydik. Parvardigorlarining amri bilan uning qoʻl ostida ishlaydilar. Qaysi bir jin Bizning amrimizga itoatsizlik qilsa, unga lovullab yonayotgan oʻt azobidan totdiramiz.

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin