Sura Saba (Sabaʼ — سبأ) (Oyat 13)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




34 Saba(سبأ), Oyat 13

يَعْمَلُونَ لَهُ مَا يَشَاءُ مِنْ مَحَارِيبَ وَتَمَاثِيلَ وَجِفَانٍ كَالْجَوَابِ وَقُدُورٍ رَاسِيَاتٍ ۚ اعْمَلُوا آلَ دَاوُودَ شُكْرًا ۚ وَقَلِيلٌ مِنْ عِبَادِيَ الشَّكُورُ 13 ١٣

U(jin)lar unga mehroblar, haykallar, hovuzlar kabi laganlar va sobit qozonlardan xohlaganini qilib berishar edi. Ey, Oli Dovud, shukr qilinglar! Bandalarimdan shukr qilguvchilari ozdir. (13)

Tafsir
Jinlar Sulaymonga masjidlar, qasrlar, haykallar, hovuzdek katta laganlar, qimirlamay turadigan mustahkam, vazmin qozonlar kabi istagan narsasini yasab berardilar. Ularga dedik: "Ey Dovud xonadoni, Alloh sizlarga ato etgan nematlarga shukr qilinglar. Bandalarim orasida bergan nematlarimga shukr qiladiganlari kam".

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin