Sura Saba (Sabaʼ — سبأ) (Oyat 16)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




34 Saba(سبأ), Oyat 16

فَأَعْرَضُوا فَأَرْسَلْنَا عَلَيْهِمْ سَيْلَ الْعَرِمِ وَبَدَّلْنَاهُمْ بِجَنَّتَيْهِمْ جَنَّتَيْنِ ذَوَاتَيْ أُكُلٍ خَمْطٍ وَأَثْلٍ وَشَيْءٍ مِنْ سِدْرٍ قَلِيلٍ 16 ١٦

Ular yuz o`girdilar. Bas, Biz ustlariga arim selini yubordik va ularning ikki bog`larini achchiq mevali, yulg`unzor va bir ozgina sidrli ikki «bog`»ga aylantirdik. (16)

Tafsir
Allohga shukr qilishdan va paygʻambarlariga iymon keltirishdan bosh tortdilar. Shundan keyin Biz ularni jazolab, ustlariga qattiq selni yubordik. Devorlari qulab, ekinzorlarini suv bosib, yashnab turgan ikki bogʻi achchiq mevali, yulgʻunzor va siyrak butazorga aylandi.

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin