Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.
Osmonlardagi narsalar va yerdagi narsalar Uniki bo`lgan Allohga hamd bo`lsin. Oxiratdagi hamd ham Unikidir. Va U o`ta hikmatli, o`ta xabardor Zotdir. (1)
Tafsir
Hamd boʻlsin Allohgaki, osmonlardagi narsalar ham, yerdagi narsalar ham yolgʻiz Unikidir. Hammasini Oʻzi yaratgan, Oʻzi boshqaradi, hammasiga Oʻzi egalik qiladi. Oxiratdagi barcha hamdu sanolar ham yolgʻiz Unikidir. U har bir yaratishi, har bir tadbirini hikmat bilan qiladigan Hakim va bandalarining ahvolidan Xabardor Zotdir. Biron narsa U Zotdan yashirin qola olmas.
Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin
📖 Siz izlayotgan bo‘lishi mumkin bo‘lgan o‘xshash sura nomlari: