Sura Fatir (Yaratuvchi — فاطر) (Oyat 10)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




35 Fatir(فاطر), Oyat 10

مَنْ كَانَ يُرِيدُ الْعِزَّةَ فَلِلَّهِ الْعِزَّةُ جَمِيعًا ۚ إِلَيْهِ يَصْعَدُ الْكَلِمُ الطَّيِّبُ وَالْعَمَلُ الصَّالِحُ يَرْفَعُهُ ۚ وَالَّذِينَ يَمْكُرُونَ السَّيِّئَاتِ لَهُمْ عَذَابٌ شَدِيدٌ ۖ وَمَكْرُ أُولَٰئِكَ هُوَ يَبُورُ 10 ١٠

Kimki izzat istasa, bas, barcha izzat Allohnikidir. Unga xush kalomlar yuksalur va solih amal ko`tarur uni. Makr ila yomonliklar qilganlarga shiddatli azob bordir. Ana o`shalarning makri botil bo`lur. (10)

Tafsir
Kim dunyo yo oxirat izzatini istasa, uni faqat Allohdan soʻrasin. Zero, hamma izzat Allohnikidir. Goʻzal kalomlar, zikrlar Unga koʻtarilur. Bandalarning solih amallarini ham Oʻziga koʻtarur. Paygʻambar alayhissalomni qatl qilish kabi yovuz niyat bilan makr-hiyla qiladiganlarga qattiq azob bor. Ularning makri puchga chiqadi, hech qachon amalga oshmaydi.

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin