Sura Fatir (Yaratuvchi — فاطر) (Oyat 11)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




35 Fatir(فاطر), Oyat 11

وَاللَّهُ خَلَقَكُمْ مِنْ تُرَابٍ ثُمَّ مِنْ نُطْفَةٍ ثُمَّ جَعَلَكُمْ أَزْوَاجًا ۚ وَمَا تَحْمِلُ مِنْ أُنْثَىٰ وَلَا تَضَعُ إِلَّا بِعِلْمِهِ ۚ وَمَا يُعَمَّرُ مِنْ مُعَمَّرٍ وَلَا يُنْقَصُ مِنْ عُمُرِهِ إِلَّا فِي كِتَابٍ ۚ إِنَّ ذَٰلِكَ عَلَى اللَّهِ يَسِيرٌ 11 ١١

Alloh sizlarni tuproqdan, so`ngra nutfadan yaratib, keyin juft-juft qilib qo`ydi. Qaysi bir urg`ochi nimaga homilador bo`lsa, nimani tug`sa, faqat Uning ilmi bilan bo`lur. Har bir umr ko`rguvchiga umr berilishi yoki uning umrining qisqartirilishi albatta kitobda bordir. Albatta, bu Allohga osondir. (11)

Tafsir
Alloh shunday zotki, otangiz Odamni tuproqdan yaratdi. Keyin sizlarni nutfadan yaratdi. Undan keyin sizlarni erkak va ayollar qildi. Shu bilan bir-birlaringiz bilan turmush qurdingizlar. Qaysi bir ayol homilador boʻlsa va koʻzi yorisa, bu ish albatta Allohning ilmi bilan boʻladi. Biron ish U Zotdan yashirin qolmas. Kimning umri ziyoda boʻlsa yoki qisqartirilsa, hammasi Lavhul-Mahfuzda yozilgan boʻladi. Bu ishlar - sizlarni tuproqdan, keyin nutfadan bosqichma-bosqich yaratish ham, umrlaringizni Lavhul-Mahfuzga yozib qoʻyish ham Allohga oson.

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin