Sura Fatir (Yaratuvchi — فاطر) (Oyat 12)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




35 Fatir(فاطر), Oyat 12

وَمَا يَسْتَوِي الْبَحْرَانِ هَٰذَا عَذْبٌ فُرَاتٌ سَائِغٌ شَرَابُهُ وَهَٰذَا مِلْحٌ أُجَاجٌ ۖ وَمِنْ كُلٍّ تَأْكُلُونَ لَحْمًا طَرِيًّا وَتَسْتَخْرِجُونَ حِلْيَةً تَلْبَسُونَهَا ۖ وَتَرَى الْفُلْكَ فِيهِ مَوَاخِرَ لِتَبْتَغُوا مِنْ فَضْلِهِ وَلَعَلَّكُمْ تَشْكُرُونَ 12 ١٢

Daryoyu dengiz, ikkisi teng bo`la olmas. Bunisi totli, chanqoq bosar, ichish osondir. Bunisi esa sho`r, taxirdir. Siz har biridan toza go`sht yeysiz va taqinchoq chiqarib taqursiz. Va Uning fazlidan talab qilishingiz uchun u(suv)ni yorib ketayotgan kemalarni ko`rursiz. Shoyadki, shukr qilsangiz. (12)

Tafsir
Daryo-dengiz teng boʻlmas. Biri shirin va ichilishi oson boʻlsa, ikkinchisi ichib boʻlmaydigan shoʻr-taxir. Har ikkisidan yangi goʻsht - baliq tutib yeysizlar va taqadigan dur-gavharlar chiqarib olasizlar. Allohning fazlu-marhamatidan umid qilib, tijorat ishlaringizni yuritish uchun suvni yorib borayotgan kemalarni koʻrasizlar. Shoyadki, U Zotning sizlarga ato etgan behisob nematlariga shukr qilsangizlar.

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin