Sura Fatir (Yaratuvchi — فاطر) (Oyat 27)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




35 Fatir(فاطر), Oyat 27

أَلَمْ تَرَ أَنَّ اللَّهَ أَنْزَلَ مِنَ السَّمَاءِ مَاءً فَأَخْرَجْنَا بِهِ ثَمَرَاتٍ مُخْتَلِفًا أَلْوَانُهَا ۚ وَمِنَ الْجِبَالِ جُدَدٌ بِيضٌ وَحُمْرٌ مُخْتَلِفٌ أَلْوَانُهَا وَغَرَابِيبُ سُودٌ 27 ٢٧

Allohning osmondan suv tushirganini ko`rmadingmi? Bas, u ila turli ranglardagi mevalarni va tog`lardan ham yo`l-yo`l, oq hamda qizilning turli ranglarini va qop-qoralarini chiqardik. (27)

Tafsir
Ey Paygʻambar, koʻmadingizmiki, Alloh osmondan yomgʻir yogʻdirdi. Bas, u bilan daraxtlarni sugʻorib, qizil, yashil, sariq va boshqa turli xil rangdagi mevalarni chiqardik. Yana togʻlardan oq yoʻllar, qizil yoʻllar, qop-qora yoʻllar bor.

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin