Sura Fatir (Yaratuvchi — فاطر) (Oyat 32)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




35 Fatir(فاطر), Oyat 32

ثُمَّ أَوْرَثْنَا الْكِتَابَ الَّذِينَ اصْطَفَيْنَا مِنْ عِبَادِنَا ۖ فَمِنْهُمْ ظَالِمٌ لِنَفْسِهِ وَمِنْهُمْ مُقْتَصِدٌ وَمِنْهُمْ سَابِقٌ بِالْخَيْرَاتِ بِإِذْنِ اللَّهِ ۚ ذَٰلِكَ هُوَ الْفَضْلُ الْكَبِيرُ 32 ٣٢

So`ngra bu kitobni O`z bandalarimizdan tanlab olganlarimizga meros qildik. Bas, ulardan o`ziga o`zi zulm qiluvchilari bor, ulardan o`rtachalari bor va ulardan Allohning izni ila yaxshiliklarga o`zuvchilar ham bor. Ana shu ayni ulug` fazldir. (32)

Tafsir
Keyin sara ummat boʻlmish Muhammad alayhissalomning ummatiga Quronni berdik. Ulardan kimdir harom ishlarni qilish, vojiblarni esa tark etish ila oʻziga oʻzi zolim boʻldi. Kimdir vojiblarni bajarish va haromlardan tiyilish, ayni paytda ayrim mustahab amallarga beparvo boʻlish va ayrim makruh amallarni qilish ila oʻrtacha amal qiladigan boʻldi. Yana kimdir Allohning izni ila vojiblarni ham, mustahablarni ham bajarib va haromlardan ham, makruhlardan ham tiyilib, ezguliklarga shoshadigan boʻldi.

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin