Sura Fatir (Yaratuvchi — فاطر) (Oyat 40)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




35 Fatir(فاطر), Oyat 40

قُلْ أَرَأَيْتُمْ شُرَكَاءَكُمُ الَّذِينَ تَدْعُونَ مِنْ دُونِ اللَّهِ أَرُونِي مَاذَا خَلَقُوا مِنَ الْأَرْضِ أَمْ لَهُمْ شِرْكٌ فِي السَّمَاوَاتِ أَمْ آتَيْنَاهُمْ كِتَابًا فَهُمْ عَلَىٰ بَيِّنَتٍ مِنْهُ ۚ بَلْ إِنْ يَعِدُ الظَّالِمُونَ بَعْضُهُمْ بَعْضًا إِلَّا غُرُورًا 40 ٤٠

Sen: «Menga Allohdan boshqa iltijo qilayotgan sheriklaringizning xabarini bering-chi?! Menga ko`rsatinglar-chi, ular yerda nimani yaratdilar?! Yoki ularning osmonlar(ishi)da sherikliklari bormi?!» – deb ayt. Yoki Biz ularga kitob berganmiz-u, ular undan biron hujjatga ega bo`lganlarmi?! Yo`q!!! Zolimlar bir-birlariga aldovdan boshqani va'da qilmaslar. (40)

Tafsir
Ey Paygʻambar, anavi mushriklarga ayting: "Allohni qoʻyib, ibodat qilayotgan butlaringiz haqida xabar beringlar-chi, ular yerdan nimani yaratganlar? Togʻlarini yaratganlarmi? Daryolarini yaratganlarmi? Hayvonlarini yaratganlarmi? Yo ular osmonlarni yaratishda Allohga sheriklik qilganlarmi? Yoki ularga Biz bir kitob beganmizmiki, shu bilan butlarga ibodat qilishlari hujjatga asoslangan boʻlib qolsa? Bulardan birontasi ham boʻlgan emas. Aksincha, zolimlar kufru masiyatlari ila bir-birlariga faqat aldovni vada qiladilar".

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin