Sura Fatir (Yaratuvchi — فاطر) (Oyat 4)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




35 Fatir(فاطر), Oyat 4

وَإِنْ يُكَذِّبُوكَ فَقَدْ كُذِّبَتْ رُسُلٌ مِنْ قَبْلِكَ ۚ وَإِلَى اللَّهِ تُرْجَعُ الْأُمُورُ 4 ٤

Agar seni yolg`onchiga chiqarsalar, bas, sendan oldin ham Payg`ambarlar yolg`onchi qilinganlar. Barcha ishlar Allohga qaytarilur. (4)

Tafsir
Ey Paygʻambar, qavmingiz sizni yolgʻonchiga chiqarayotgan boʻlsa, sabr qiling. Yolgʻonchiga chiqarilgan birinchi paygʻambar emassiz. Sizdan oldingi Od, Samud, Lut qavmi kabi ummatlar ham oʻz paygʻambarlarini yolgʻonchiga chiqarganlar. Ishlarning hammasi yolgʻiz Allohga qaytariladi. Bas, Alloh yolgʻonchiga chiqarganlarni halok etadi, paygʻambarlari va moʻminlarga esa gʻalaba beradi.

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin