Sura Yosin (يس) (Oyat 39)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




36 Yosin(يس), Oyat 39

وَالْقَمَرَ قَدَّرْنَاهُ مَنَازِلَ حَتَّىٰ عَادَ كَالْعُرْجُونِ الْقَدِيمِ 39 ٣٩

Oyni esa, toki eski (xurmo) shingili (holiga) qaytgunga qadar manzillarini bichib qo`yganmiz. (39)

Tafsir
Allohning birligiga dalolat qiluvchi belgilardan yana biri shuki, har kecha oyni bir necha manzillarga koʻchib yuradigan qildik. Dastlab kichkina boʻlib koʻrinadi. Soʻng kattalashadi. Keyin yana kichrayib-kichrayib, xuddi egik, sariq va qadim xurmo butogʻiga oʻxshab qoladi.

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin