Sura Ya-Sin (Yosin — يس) (Oyat 40)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




36 Ya-Sin(يس), Oyat 40

لَا الشَّمْسُ يَنْبَغِي لَهَا أَنْ تُدْرِكَ الْقَمَرَ وَلَا اللَّيْلُ سَابِقُ النَّهَارِ ۚ وَكُلٌّ فِي فَلَكٍ يَسْبَحُونَ 40 ٤٠

Na quyoshning oyga yetib olmog`i durust bo`lar va na kecha kunduzdan o`zib ketar. Har biri falakda suzib yurar. (40)

Tafsir
Quyosh, oy, kecha va kunduz belgilari Allohning taqdiri ila taqdir qilib qoʻyilganlar. Oʻzlariga taqdir qilingan chegaradan chiqib keta olmaydilar. Quyosh oʻz yoʻnalishini oʻzgartirib, oyga yetolmaydi, kecha esa kunduzdan oʻzib ketolmaydi. Mana shu boʻysundirib qoʻyilgan maxluqotlarning barchasi, ulardan boshqa yulduzlaru sayyoralar ham Alloh taqdir qilib qoʻygan maydondagina harakat qila oladilar.

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin