Sura Yosin (يس) (Oyat 47)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




36 Yosin(يس), Oyat 47

وَإِذَا قِيلَ لَهُمْ أَنْفِقُوا مِمَّا رَزَقَكُمُ اللَّهُ قَالَ الَّذِينَ كَفَرُوا لِلَّذِينَ آمَنُوا أَنُطْعِمُ مَنْ لَوْ يَشَاءُ اللَّهُ أَطْعَمَهُ إِنْ أَنْتُمْ إِلَّا فِي ضَلَالٍ مُبِينٍ 47 ٤٧

Ularga: «Alloh sizga rizq qilib bergan narsadan infoq qilinglar», deyilganida, kufr keltirganlar iymon keltirganlarga: «Alloh xohlasa, O`zi taom beradigan kimsani biz taomlantiramizmi?! Siz ochiq-oydin zalolatdan boshqa narsada emassiz», derlar. (47)

Tafsir
Anavi sarkashlarga: "Alloh sizlarga rizq qilib bergan mol-davlatdan infoq-ehson qilib, kambagʻal, miskinlarga yordam beringlar", deyilsa, bu gapni rad etib moʻminlarga qarata: "Alloh xohlasa Oʻzi taomlantirib qoʻyadigan kishilarga biz taom beramizmi? Biz uning xohish-istagidan qoʻrqmaymiz. Sizlar esa, ey moʻminlar, shak-shubhasiz, ochiq xato qilyapsizlar va haq yoʻldan ozgansizlar", dedilar.

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin