Sura Yosin (يس) (Oyat 49)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




36 Yosin(يس), Oyat 49

مَا يَنْظُرُونَ إِلَّا صَيْحَةً وَاحِدَةً تَأْخُذُهُمْ وَهُمْ يَخِصِّمُونَ 49 ٤٩

Ular talashib-tortishib turganlarida o`zlarini birdan oladigan birgina qichqiriqdan boshqa narsani kutayotganlari yo`q. (49)

Tafsir
Qayta tirilishni inkor etayotgan anavi yolgʻonchiga chiqaruvchilar Sur karnayiga uriladigan bir damni, qichqiriqni kutmoqdalar, xolos. Qichqiriq ularni oʻlimdan mutlaqo bexabar boʻlib, dunyoviy oldi-sotdi, yugur-yetim ishlari bilan mashgʻul boʻlib turgan bir paytlarida olib ketadi.

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin