Sura Sad (Sod — ص) (Oyat 22)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




38 Sad(ص), Oyat 22

إِذْ دَخَلُوا عَلَىٰ دَاوُودَ فَفَزِعَ مِنْهُمْ ۖ قَالُوا لَا تَخَفْ ۖ خَصْمَانِ بَغَىٰ بَعْضُنَا عَلَىٰ بَعْضٍ فَاحْكُمْ بَيْنَنَا بِالْحَقِّ وَلَا تُشْطِطْ وَاهْدِنَا إِلَىٰ سَوَاءِ الصِّرَاطِ 22 ٢٢

O`shanda ular Dovudning oldiga kirishgan edi. Bas, u ulardan qo`rqib ketdi. Ular: «Qo`rqma, bular — ikki da'volashguvchi tomon. Biz bir-birimizga zulm qildik. Bas, oramizda haq ila hukm chiqar. Jabr qilma. Bizlarni to`g`ri yo`lga hidoyat qil», dedilar. (22)

Tafsir
Dovudning oldiga toʻsatdan, noodatiy tarzda kirib borganlarida u qoʻrqib ketdi. Shunda ular dedilar: "Qoʻrqma. Biz birimiz birimizga tajovuz qilgan ikki davolashguvchimiz. Bas, sen bizning oʻrtamizda adolat bilan hukm qil, birontamizga jabr qilib qoʻyma va bizni toʻgʻri yoʻlga boshla".

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin