Sura Sad (Sod — ص) (Oyat 59)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




38 Sad(ص), Oyat 59

هَٰذَا فَوْجٌ مُقْتَحِمٌ مَعَكُمْ ۖ لَا مَرْحَبًا بِهِمْ ۚ إِنَّهُمْ صَالُو النَّارِ 59 ٥٩

«Mana bu guruh ham siz bilan birga bostirib kirguvchidir. Ularga marhabo yo`q. Ular, albatta, jahannamga kirguvchilardir», derlar. (59)

Tafsir
Doʻzaxiylar doʻzaxga kirgach, oʻzaro xusumatlashish, bir-birini haqorat qilish boshlanadi. Bir-birlaridan tonadilar. Ayrimlari: "Mana bu toifa sizlar bilan doʻzaxga kiradi", desalar, boshqalari shunday javob beradilar: "Xush kelmabdilar! Ular ham xuddi bizga oʻxshab doʻzax azobini tatisinlar".

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin