Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.
Sen (Mening tarafimdan): «Ey, iymon keltirgan bandalarim, Robbingizga taqvo qiling. Bu dunyoda go`zal amal qilganlarga go`zallik bordir. Allohning yeri kengdir. Albatta, sabr qilguvchilarga ajrlari hisobsiz, to`liq berilur», deb ayt. (10)
Tafsir
Ey Paygʻambar, Menga va Paygʻambarimga iymon keltirganlarga ayting: "Parvardigoringizdan buyruqlarini bajarish va taqiqlaridan tiyilish ila taqvo qilinglar. Bu dunyoda yaxshilik qilganlarga shu dunyoning oʻzida ham, oxiratda ham yaxshilik bordir. Bu dunyoda gʻalaba, sogʻlik va boylik bilan taqdirlansalar, oxiratda jannatga noil boʻladilar. Allohning yeri keng. Allohga bemalol ibodat qiladigan joy topish uchun hijrat qilinglar. Bu ishda sizlarga hech qanday monelik yoʻq. Sabr qilguvchilarga Qiyomat kuni ajru mukofotlar behisob berilur".
Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin
📖 Siz izlayotgan bo‘lishi mumkin bo‘lgan o‘xshash sura nomlari: