Sura Az-Zumar (Guruhlar — الزمر) (Oyat 21)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




39 Az-Zumar(الزمر), Oyat 21

أَلَمْ تَرَ أَنَّ اللَّهَ أَنْزَلَ مِنَ السَّمَاءِ مَاءً فَسَلَكَهُ يَنَابِيعَ فِي الْأَرْضِ ثُمَّ يُخْرِجُ بِهِ زَرْعًا مُخْتَلِفًا أَلْوَانُهُ ثُمَّ يَهِيجُ فَتَرَاهُ مُصْفَرًّا ثُمَّ يَجْعَلُهُ حُطَامًا ۚ إِنَّ فِي ذَٰلِكَ لَذِكْرَىٰ لِأُولِي الْأَلْبَابِ 21 ٢١

Alloh osmondan suv tushirib, uni yerdagi manbalardan yuritib qo`yganini ko`rmadingmi?! So`ngra u ila turli rangdagi ekinlarni chiqaradi. Keyin u quriydi. Bas, uni sarg`aygan holida ko`rarsan. So`ngra uni quruq cho`pga aylantirur. Albattta, bunda aql egalari uchun eslatma bordir. (21)

Tafsir
Koʻrib turasizlarki, Alloh osmondan yomgʻir yogʻdiradi. Uni buloqlar qilib oqizib qoʻyadi. Ularning suvi bilan turli xil rangdagi oʻsimliklarni undirib chiqaradi. Qarabsizki, yam-yashil yashnab turgan oʻsimlik bir zamondan keyin sap-sariq boʻlib, qurib-qovjirab qoladi. Darhaqiqat, bu ishda uygʻoq qalb egalari uchun eslatmalar, ibratlar bordir.

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin