Sura Zumar (Guruhlar — الزمر) (Oyat 38)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




39 Zumar(الزمر), Oyat 38

وَلَئِنْ سَأَلْتَهُمْ مَنْ خَلَقَ السَّمَاوَاتِ وَالْأَرْضَ لَيَقُولُنَّ اللَّهُ ۚ قُلْ أَفَرَأَيْتُمْ مَا تَدْعُونَ مِنْ دُونِ اللَّهِ إِنْ أَرَادَنِيَ اللَّهُ بِضُرٍّ هَلْ هُنَّ كَاشِفَاتُ ضُرِّهِ أَوْ أَرَادَنِي بِرَحْمَةٍ هَلْ هُنَّ مُمْسِكَاتُ رَحْمَتِهِ ۚ قُلْ حَسْبِيَ اللَّهُ ۖ عَلَيْهِ يَتَوَكَّلُ الْمُتَوَكِّلُونَ 38 ٣٨

Agar ulardan: «Osmonlaru yerni kim yaratdi?» – deb so`rasang, albatta: «Alloh!» – derlar. Sen: «Menga xabar beringlar-chi! Siz iltijo qilayotgan, Allohdan boshqa narsalar, agar Alloh menga zararni iroda qilsa, o`shalar Uning zararini aritguvchi bo`la olurlarmi?! Yoki menga marhamatni iroda qilsa, o`shalar Uning marhamatini tutib qolguvchi bo`la olurmi?!» – deb ayt. Sen: «Menga Alloh yetarli, tavakkal qilguvchilar Ungagina tavakkal qilurlar», deb ayt. (38)

Tafsir
Ey Paygʻambar, agar anavi mushriklardan: "Osmonlaru yerni kim yaratgan", deb soʻrasangiz, " Ularni Alloh yaratgan", deyishlari tayin. Ularning xudolari naqadar notavon ekanini koʻrsatib, shunday deb ayting: "Allohni qoʻyib, butlaringizga iltijo qilyapsizlar. Aytinglar-chi, agar Alloh menga biron ziyon yetkazishni istasa, oʻshalar U Zotning ziyonini arita oladilarmi? Yoki Parvardigorim menga biron marhamat koʻrsatishni iroda qilsa, oʻshalar U Zotning marhamatini man qila oladilarmi?!" Ayting: "Menga Allohning Oʻzi yetarlidir. Hamma ishlarimda Ungagina tayanganman. Tavakkul qilguvchilar yolgʻiz Unga tavakkul qilurlar".

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin