Sura Az-Zumar (Guruhlar — الزمر) (Oyat 3)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




39 Az-Zumar(الزمر), Oyat 3

أَلَا لِلَّهِ الدِّينُ الْخَالِصُ ۚ وَالَّذِينَ اتَّخَذُوا مِنْ دُونِهِ أَوْلِيَاءَ مَا نَعْبُدُهُمْ إِلَّا لِيُقَرِّبُونَا إِلَى اللَّهِ زُلْفَىٰ إِنَّ اللَّهَ يَحْكُمُ بَيْنَهُمْ فِي مَا هُمْ فِيهِ يَخْتَلِفُونَ ۗ إِنَّ اللَّهَ لَا يَهْدِي مَنْ هُوَ كَاذِبٌ كَفَّارٌ 3 ٣

Ogoh bo`lingkim, xolis din Allohnikidir. Undan o`zga avliyo (do`stlar) tutganlar: «Biz ularga faqat bizlarni Allohga juda ham yaqin qilishlari uchungina ibodat qilurmiz», (derlar). Albatta, U zot ular orasida ixtilof etayotgan narsalari bo`yicha hukm qilur. Albatta, Alloh yolg`onchi va kofir kimsalarni hidoyat qilmas. (3)

Tafsir
Ogoh boʻlingizkim, shirkdan xoli din Allohnikidir. Allohni qoʻyib, butlarni, togʻutlarni doʻst tutganlar esa oʻzlaricha uzr aytishib: "Ularga bizni Allohga yaqinlashtirishlari, Unga hojatlarimizni yetkazishi va Uning huzurida bizni shafoat qilishlari uchungina ibodat qilamiz", deydilar. Alloh Qiyomat kuni muvahhid moʻminlar bilan mushrik kofirlar oʻrtasida ixtilof qilgan ishlari borasida hukm qiladi. Alloh shirk keltiradigan kazzobning ham, nematlarga nonkoʻrlik qiladigan koʻrnamakning ham hidoyat topishiga tavfiq bermas.

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin