Sura Az-Zumar (Guruhlar — الزمر) (Oyat 42)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




39 Az-Zumar(الزمر), Oyat 42

اللَّهُ يَتَوَفَّى الْأَنْفُسَ حِينَ مَوْتِهَا وَالَّتِي لَمْ تَمُتْ فِي مَنَامِهَا ۖ فَيُمْسِكُ الَّتِي قَضَىٰ عَلَيْهَا الْمَوْتَ وَيُرْسِلُ الْأُخْرَىٰ إِلَىٰ أَجَلٍ مُسَمًّى ۚ إِنَّ فِي ذَٰلِكَ لَآيَاتٍ لِقَوْمٍ يَتَفَكَّرُونَ 42 ٤٢

Alloh jonlarni o`limi vaqtida, o`lmaganlarini esa, uyqusi vaqtida olur. Bas, o`lishiga hukm qilganlarini ushlab qolur, qolganlarini ma'lum muddatgacha qo`yib yuborur. Albatta, bunda tafakkur qiladigan qavmlar uchun oyat(ibrat)lar bordir. (42)

Tafsir
Alloh jonlarni ajali yetgan paytda oladi. Hali ajali yetmaganlarni uyqusida oladi. Oʻzi oʻlimga hukm qilganlarni ushlab qoladi. Hali oʻlimga hukm qilmaganlarini esa Oʻzi biladigan malum muddatga qadar qoʻyib yuboradi. Ushlab qolish, qoʻyib yuborish, oʻldirish, tiriltirish kabi bu ishlarda fikr yuritadigan odamlar uchun shu ishlarni qilayotgan Zot odamlarni oʻlganlaridan keyin qayta tiriltirishga ham, ularni hisob-kitobga tortib, jazo yoki mukofotlarini berishga ham qodir ekaniga belgilar bordir.

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin