Sura Az-Zumar (Guruhlar — الزمر) (Oyat 4)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




39 Az-Zumar(الزمر), Oyat 4

لَوْ أَرَادَ اللَّهُ أَنْ يَتَّخِذَ وَلَدًا لَاصْطَفَىٰ مِمَّا يَخْلُقُ مَا يَشَاءُ ۚ سُبْحَانَهُ ۖ هُوَ اللَّهُ الْوَاحِدُ الْقَهَّارُ 4 ٤

Agar Alloh bola tutishni istasa, albatta, O`zi yaratgan narsalardan xohlaganini tanlab olar edi. U zot pokdir. Alloh yagona Qahhordir (ya'ni, Qahhorligidan butun olamni O`ziga bo`ysundirib va yakka O`zi idora qilib turadi. Bu ishida U hech qanday sherikka, yordamchiga muhtoj emas). (4)

Tafsir
Agar Alloh bola olmoqni istasa, Oʻzi yaratgan maxluqotlari orasidan istaganini tanlab, oʻshani bola qilib olavergan boʻlardi. Alloh mushriklar aytayotgan bunday nuqsondan Pok. U oʻz zotida ham, sifatlarida ham, ishlarida ham Yagonadir, sheriksizdir. Hamma maxluqotlardan Gʻolibdir, Qahhordir.

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin