Sura Az-Zumar (Guruhlar — الزمر) (Oyat 63)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




39 Az-Zumar(الزمر), Oyat 63

لَهُ مَقَالِيدُ السَّمَاوَاتِ وَالْأَرْضِ ۗ وَالَّذِينَ كَفَرُوا بِآيَاتِ اللَّهِ أُولَٰئِكَ هُمُ الْخَاسِرُونَ 63 ٦٣

Osmonlaru yerning kalitlari Ungagina xosdir. Allohning oyatlariga kufr keltirganlar, ana o`shalar ziyonkorlardir. (63)

Tafsir
Osmonlaru yerdagi hamma yaxshiliklarning kalitlari U Zotning Qoʻlidadir. Oʻzi istagan bandasiga beradi. Istagan odamiga bermaydi. Allohning oyatlariga kufr keltirganlar, ana oʻshalar ziyon koʻrguvchilardir. Chunki ular bu dunyoda iymondan mahrum boʻlib, oxiratda doʻzaxda abadiy qoladilar.

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin