Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.
Agar kufr keltirsangiz, albatta, Alloh sizdan behojatdir. U zot O`z bandalarining kofir bo`lishiga rozi bo`lmas. Agar Unga shukr keltirsangiz, sizdan rozi bo`lur. Hech bir og`irlik ko`targuvchi jon o`zga jonning og`irligini ko`tarmas. So`ngra faqatgina Robbingizga qaytishingiz bor. Bas, U nima amal qilib yurganingizning xabarini berur. Albatta, U dillardagi narsalarni ham o`ta bilguvchi Zotdir. (7)
Tafsir
Ey odamlar, agar kufr keltirsangizlar, bas, Alloh sizlarning iymoningizdan behojatdir. Kofir boʻlishingiz Unga emas, oʻzingizga zarar. U bandalariga kufrni ravo koʻrmaydi va kufrga buyurmaydi. Zero, Alloh buzuqlik va gunoh ishlarga buyurmas. Agar U bergan nematlarga shukr qilsangizlar, Unga iymon keltirsangizlar, sizlarning shu ishingizdan rozi boʻlur va ular uchun savob ato etur. Hech bir jon boshqa bir jonning gunohini oʻz boʻyniga olmas. Aksincha, har bir jon oʻz qilmishining garovidir. Keyin Qiyomat kuni yolgʻiz Parvardigoringizga qaytishingiz bor. Bas, U Zot dunyoda qilib oʻtgan amallaringizni aytib, oʻshanga yarasha sizlarga jazo yoki mukofot berur. Albatta, U dillardagi sirlarni ham Bilguvchidir. Biron narsa U Zotdan yashirin qolmas.
Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin
📖 Siz izlayotgan bo‘lishi mumkin bo‘lgan o‘xshash sura nomlari: