Sura Az-Zumar (Guruhlar — الزمر) (Oyat 8)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




39 Az-Zumar(الزمر), Oyat 8

وَإِذَا مَسَّ الْإِنْسَانَ ضُرٌّ دَعَا رَبَّهُ مُنِيبًا إِلَيْهِ ثُمَّ إِذَا خَوَّلَهُ نِعْمَةً مِنْهُ نَسِيَ مَا كَانَ يَدْعُو إِلَيْهِ مِنْ قَبْلُ وَجَعَلَ لِلَّهِ أَنْدَادًا لِيُضِلَّ عَنْ سَبِيلِهِ ۚ قُلْ تَمَتَّعْ بِكُفْرِكَ قَلِيلًا ۖ إِنَّكَ مِنْ أَصْحَابِ النَّارِ 8 ٨

Qachonki insonni zarar tutsa, Robbiga tavba qilgan holida duo qilur. So`ngra unga U zot O`z fazlidan ne'mat bersa, oldin duo qilib turgan narsasini unutur va Allohga Uning yo`lidan adashtirmoq uchun tengdoshlar qilur. Sen: «Kufring bilan bir oz huzurlanib tur. Albatta, sen jahannam egalaridansan», deb ayt. (8)

Tafsir
Kofirga kasallik, kambagʻallik, xavf-xatar kabi bir zarar yetsa, Parvardigoriga tazarru bilan duo qiladi. Keyin qachon Alloh uning gʻamini aritib, Oʻz tomonidan unga bir nemat ato etsa, oldin qilgan duosini unutib, Allohning yoʻlidan ozdirish uchun U zotga sheriklarni oʻylab topib, oʻshalarga ibodat qiladi. Ey Paygʻambar, shunday kimsalarga ayting: "Kufringdan umring borida biroz foydalanib qol! Shak-shubhasiz, sen Qiyomat kuni doʻzaxga eshsan".

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin