Sura An-Nisa (Ayollar — النساء) (Oyat 100)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




4 An-Nisa(النساء), Oyat 100

وَمَنْ يُهَاجِرْ فِي سَبِيلِ اللَّهِ يَجِدْ فِي الْأَرْضِ مُرَاغَمًا كَثِيرًا وَسَعَةً ۚ وَمَنْ يَخْرُجْ مِنْ بَيْتِهِ مُهَاجِرًا إِلَى اللَّهِ وَرَسُولِهِ ثُمَّ يُدْرِكْهُ الْمَوْتُ فَقَدْ وَقَعَ أَجْرُهُ عَلَى اللَّهِ ۗ وَكَانَ اللَّهُ غَفُورًا رَحِيمًا 100 ١٠٠

Kim Allohning yo`lida hijrat qilsa, yer yuzida ko`pgina panohgohlar va kengchilik topadir. Kim uyidan Alloh va Rasulga hijrat qilib chiqsa-yu, so`ngra unga o`lim yetsa, albatta, uning ajri Alloh zimmasiga tushadir. Va Alloh mag`firat qiluvchi va rahimli Zotdir. (100)

Tafsir
Kim kufr diyoridan Islom diyoriga Alloh rizosini istab hijratga chiqsa, borgan joyi chiqqan joyidan tamoman boshqacha boʻladi. Borgan joyida azizlik va keng rizqqa erishadi. Kim uyidan Alloh va Rasuli sari hijrat qilsa, keyin qasd qilgan joyiga yetib bormasdan yoʻlda vafot etsa, uning savobini berish Alloh zimmasiga aniq tushibdi. Yetib bora olmagani unga zarar qilmaydi. Alloh tavba qilgan bandasiga magʻfiratli va hamma bandalariga marhamatli boʻlgan Zotdir.

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin