Sura An-Nisa (Ayollar — النساء) (Oyat 143)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




4 An-Nisa(النساء), Oyat 143

مُذَبْذَبِينَ بَيْنَ ذَٰلِكَ لَا إِلَىٰ هَٰؤُلَاءِ وَلَا إِلَىٰ هَٰؤُلَاءِ ۚ وَمَنْ يُضْلِلِ اللَّهُ فَلَنْ تَجِدَ لَهُ سَبِيلًا 143 ١٤٣

Ular orada sarsondirlar. Na anavilarga qo`shila oladirlar va na manavilarga qo`shila oladirlar. Alloh kimni yo`ldan adashtirsa, hargiz unga yo`l topa olmassan. (143)

Tafsir
Oʻsha munofiqlar arosatda qolib, sarson boʻlgan betayinlardir. Zohiru botinda moʻminlarga ham qoʻshila olmaydilar, kofirlarga ham. Zohirda moʻminlar bilan, botinda esa kofirlar bilan boʻladilar. Ey Paygʻambar alayhissalom, kimni Alloh adashtirib qoʻygan boʻlsa, uni hidoyat qilishga aslo biron yoʻl topa olmassiz.

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin