Sura An-Nisa (Ayollar — النساء) (Oyat 155)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




4 An-Nisa(النساء), Oyat 155

فَبِمَا نَقْضِهِمْ مِيثَاقَهُمْ وَكُفْرِهِمْ بِآيَاتِ اللَّهِ وَقَتْلِهِمُ الْأَنْبِيَاءَ بِغَيْرِ حَقٍّ وَقَوْلِهِمْ قُلُوبُنَا غُلْفٌ ۚ بَلْ طَبَعَ اللَّهُ عَلَيْهَا بِكُفْرِهِمْ فَلَا يُؤْمِنُونَ إِلَّا قَلِيلًا 155 ١٥٥

Ahdnomalarini buzganlari, Allohning oyatlariga kufr keltirganlari, Payg`ambarlarni nohaqdan o`ldirganlari, «qalblarimiz berk» deganlari uchun. Yo`q! Balki, kufrlari sababli Alloh qalblariga muhr bosgan, ozginalaridan boshqasi iymon keltirmaslar. (155)

Tafsir
Qayta-qayta takidlangan ahdni buzganlari, Allohning oyatlariga kufr keltirganlari, paygʻambarlarni oʻldirishgacha jurat etganlari va Muhammad alayhissolatu vassalomga: "Dillarimizga parda tortilgan, sen aytayotgan gaplarni uqmaydi", deganlari sababli, Biz, ularni Oʻz rahmatimizdan quvdik. Aslida esa ish unday emas. Aksincha, Alloh ularning qalblarini nonkoʻrliklari sababli muhrlab qoʻygan. Endi ularga biron ezgulik yetib bormaydi. Iymonlari ham mutlaqo asqotmaydigan oʻta zaif iymondir.

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin