Sura An-Nisa (Ayollar — النساء) (Oyat 159)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




4 An-Nisa(النساء), Oyat 159

وَإِنْ مِنْ أَهْلِ الْكِتَابِ إِلَّا لَيُؤْمِنَنَّ بِهِ قَبْلَ مَوْتِهِ ۖ وَيَوْمَ الْقِيَامَةِ يَكُونُ عَلَيْهِمْ شَهِيدًا 159 ١٥٩

Hech bir ahli kitob yo`qki, unga o`limidan oldin iymon keltirmasa. Qiyomat kuni esa, u ularning ziddiga guvoh bo`lur. (159)

Tafsir
Oxir zamonda Iyso alayhissalom tushganidan keyin unga iymon keltirmagan bironta ham ahli kitob qolmaydi. Hammasi u kishining oʻlimidan oldin iymon keltiradilar. Qiyomat kuni esa Iyso alayhissalom ularning qilgan ishlariga - shariatga muvofiqlariga ham, muxoliflariga ham guvoh boʻladi.

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin