Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.
Lekin Alloh senga nozil qilgan narsasi ila guvohlik beradir. Uni O`z ilmi ila nozil qildi. Farishtalar ham guvohlik berurlar. Guvohlikka Allohning O`zi kifoya qilur. (166)
Tafsir
Ey Paygʻambar alayhissalom, yahudiylar sizga kufr keltirayotgan boʻlsalar, sizga nozil qilingan Quronning haqligiga Allohning Oʻzi guvohlik berur. Alloh uni Oʻz ilmi bilan nozil qilib, bandalarini Oʻzi yaxshi koʻradigan va rozi boʻladigan ishlardan ham, Oʻzi yomon koʻradigan va yoqtirmaydigan ishlardan ham ogoh etib qoʻyishni istadi. Siz olib kelgan vahiyning haqligiga Alloh bilan birga farishtalar ham guvohlik beradilar. Guvoh boʻlishga Allohning Oʻzi yetarlidir. U Zotning Oʻzi guvoh boʻlib turganda boshqa guvohlarga na hojat!
Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin
📖 Siz izlayotgan bo‘lishi mumkin bo‘lgan o‘xshash sura nomlari: