Sura An-Nisa (Ayollar — النساء) (Oyat 171)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




4 An-Nisa(النساء), Oyat 171

يَا أَهْلَ الْكِتَابِ لَا تَغْلُوا فِي دِينِكُمْ وَلَا تَقُولُوا عَلَى اللَّهِ إِلَّا الْحَقَّ ۚ إِنَّمَا الْمَسِيحُ عِيسَى ابْنُ مَرْيَمَ رَسُولُ اللَّهِ وَكَلِمَتُهُ أَلْقَاهَا إِلَىٰ مَرْيَمَ وَرُوحٌ مِنْهُ ۖ فَآمِنُوا بِاللَّهِ وَرُسُلِهِ ۖ وَلَا تَقُولُوا ثَلَاثَةٌ ۚ انْتَهُوا خَيْرًا لَكُمْ ۚ إِنَّمَا اللَّهُ إِلَٰهٌ وَاحِدٌ ۖ سُبْحَانَهُ أَنْ يَكُونَ لَهُ وَلَدٌ ۘ لَهُ مَا فِي السَّمَاوَاتِ وَمَا فِي الْأَرْضِ ۗ وَكَفَىٰ بِاللَّهِ وَكِيلًا 171 ١٧١

Ey, ahli kitoblar! Diningizda haddan oshmang va Alloh haqida haqdan boshqani aytmang. Albatta, Masiyh Iyso ibn Maryam Allohning Payg`ambari, Maryamga ilqo qilgan kalimasi va Undan bo`lgan ruhdir. Bas, Allohga va Uning Payg`ambarlariga iymon keltiring. Uni uchta demang. To`xtang, o`zingizga yaxshi bo`ladi. Albatta, Alloh yagona ilohdir, o`zga emas. U O`zining bolasi bo`lishidan pok bo`ldi. Osmonlardagi narsalar va yerdagi narsalar Unikidir. Vakillikka Allohning O`zi kifoya qilur. (171)

Tafsir
Ey Paygʻambar alayhissalom, Injil ahliga shunday deng: "Diningizda haddingizdan oshmangiz. Iyso alayhissalom borasida Allohning shaniga noloyiq, nohaq gapni aytmangiz. Masih Iyso ibn Maryam alayhissalom Allohning paygʻambaridir. Uni haq bilan yuborgan. Uni Jabroil alayhissalom orqali yuborgan "boʻl" degan soʻzi bilan yaratdi. Shu bilan u Allohning bir ruhi boʻldiki, uni Jabroil alayhissalom Parvardigorning amri bilan Iyso alayhissalomning jismiga olib kirdi. Bas, Allohga va Uning hamma paygʻambarlariga iymon keltiringiz. Ularni ajratmangiz. Xudolar uchta, demangiz. Bunday yolgʻon va buzuq gapni aytishdin tiyilingiz. Shunda bu dunyoda ham, oxiratda ham oʻzingizga yaxshi boʻladi. Alloh yagona ilohdir. U sherikdan ham, boladan ham pokdir. U behojatdir. Osmonlaru yerdagi va ular oraligʻidagi hamma narsa Uning mulkidir. Osmonlaru yerdagi narsalar Allohning naqadar tadbirli boshqaruvchi ekaniga kifoyadir.

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin