Sura An-Nisa (Ayollar — النساء) (Oyat 173)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




4 An-Nisa(النساء), Oyat 173

فَأَمَّا الَّذِينَ آمَنُوا وَعَمِلُوا الصَّالِحَاتِ فَيُوَفِّيهِمْ أُجُورَهُمْ وَيَزِيدُهُمْ مِنْ فَضْلِهِ ۖ وَأَمَّا الَّذِينَ اسْتَنْكَفُوا وَاسْتَكْبَرُوا فَيُعَذِّبُهُمْ عَذَابًا أَلِيمًا وَلَا يَجِدُونَ لَهُمْ مِنْ دُونِ اللَّهِ وَلِيًّا وَلَا نَصِيرًا 173 ١٧٣

Iymon keltirib, yaxshi amallarni qilganlarni esa, ajrlarini to`liq qilib berur va O`z fazlidan ziyoda ham qilur. Ammo, or qilib kibrga ketganlarni alamli azob bilan azoblar va ular o`zlari uchun Allohdan o`zga do`st ham, yordamchi ham topmaslar. (173)

Tafsir
Allohga iymon keltirib, paygʻambarlarini tasdiqlagan, xolis Alloh uchun va shariatga muvofiq tarzda solih amallarni qilgan zotlarning savoblarini kamaytirmasdan, Oʻz fazlu ehsoni ila ziyoda qilib beradi. Allohga bandalik qilishdan bosh tortib, takabburlik ila oʻzini katta olgan noshudlarni esa alamli azobga giriftor qiladi. Ular Allohdan boshqa foyda keltiradigan doʻstni ham, zararni daf qiladigan najotkorni ham topa olmaydilar.

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin