Sura An-Nisa (Ayollar — النساء) (Oyat 176)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




4 An-Nisa(النساء), Oyat 176

يَسْتَفْتُونَكَ قُلِ اللَّهُ يُفْتِيكُمْ فِي الْكَلَالَةِ ۚ إِنِ امْرُؤٌ هَلَكَ لَيْسَ لَهُ وَلَدٌ وَلَهُ أُخْتٌ فَلَهَا نِصْفُ مَا تَرَكَ ۚ وَهُوَ يَرِثُهَا إِنْ لَمْ يَكُنْ لَهَا وَلَدٌ ۚ فَإِنْ كَانَتَا اثْنَتَيْنِ فَلَهُمَا الثُّلُثَانِ مِمَّا تَرَكَ ۚ وَإِنْ كَانُوا إِخْوَةً رِجَالًا وَنِسَاءً فَلِلذَّكَرِ مِثْلُ حَظِّ الْأُنْثَيَيْنِ ۗ يُبَيِّنُ اللَّهُ لَكُمْ أَنْ تَضِلُّوا ۗ وَاللَّهُ بِكُلِّ شَيْءٍ عَلِيمٌ 176 ١٧٦

Sendan fatvo so`rarlar. «Alloh sizga kalola haqida fatvo berur», deb ayt. Agar bir odam o`lsa-yu, uning bolasi bo`lmasa, singlisi bo`lsa, unga marhumdan qolganning yarmi berilur. Agar singilning bolasi bo`lmasa, u hamma merosni olur. Agar singil ikkita bo`lsa, ular marhumdan qolganning uchdan ikkisini olurlar. Agar (merosxo`rlar) erkak-ayol birodarlar bo`lsalar, bir erkak ikki ayol hissasi asosida olurlar. Adashmasligingiz uchun Alloh bayon qilmoqda. Alloh har bir narsani biluvchi Zotdir. (176)

Tafsir
Ey Paygʻambar alayhissalom, sizdan kalola merosi haqida fatvo soʻraydilar. Asl vorisi (ota-bobosi) ham, far vorisi (oʻgʻil-qizi) ham boʻlmagan odam kalola deyiladi. Aytingki, bu boradagi hukmni Alloh bayon qiladi. Ota-bobosi ham, farzandi ham boʻlmagan bir odam oʻlsa va uning bir dona tugʻishgan yoki otabir opa yo singlisi boʻlsa, merosning yarmi ulush sifatida unikidir. Tugʻishgan yoki otabir aka yo ukasi boʻlsa va bironta ham ulush oladigan merosxoʻr boʻlmasa, u asaba sifatida merosning hammasini oladi. Ulush oladigan merosxoʻr boʻlsa, unga tegadigan ulushdan qolganini oladi. Tugʻishgan yoki otabir opa yo singil bir dona emas, bir necha boʻlsa, merosning uchdan ikkisi ulush sifatida ularnikidir. Tugʻishgan opa yo singillargina emas, aka yo ukalar ham boʻlsa, hammasi asaba sifatida meros oladi va bu yerda "Bir erkakka ikki ayol ulushi" qoidasiga amal qilinadi. Yani, erkaklarga ayollarga nisbatan ikki barobar koʻp meros beriladi. Alloh sizlarga kalola hukmini ham, merosning boshqa hukmlarini ham adashib ketmasligingiz uchun bayon qilyapti. Alloh hamma narsani Bilguvchidir. Hech narsa U Zotdan yashirin emas.

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin