Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.
Agar yetimlarga adolat qila olmaslikdan qo`rqsangiz, o`zingizga yoqqan ayollardan ikkitami, uchtami, to`rttami nikohlab oling. Agar adolat qila olmaslikdan qo`rqsangiz, bittani (oling) yoki qo`lingizda mulk bo`lganlar bilan (kifoyalaning). Mana shu, jabr qilmasligingizga yaqinroqdir. (3)
Tafsir
Qoʻl ostingizdagi yetim qizlarga uylanishda mahrlarini keragidan kamaytirib yuborish yoki ularga nisbatan yomon muomalada boʻlish kabi adolatsizlik qilib qoʻyishdan qoʻrqsangizlar, ularni qoʻyib, boshqa yaxshi ayollarga uylaningiz. Ikkita, uchta yo toʻrttaga uylanmoqchi boʻlsangiz-u, ammo adolat qilolmay qolishdan xavfsirasangiz, bitta bilan cheklaningiz. Yoki qoʻl ostingizdagi choʻrilaringizdan foydalaningiz. Chunki ularning huquqlari xotinlarnikidek emas. Oyatda kelgan yetim qizlar haqidagi hamda bitta nikoh bilan cheklanish va choʻrilardan foydalanish toʻgʻrisidagi bu koʻrsatmalar haddan oshib, izdan chiqib ketmaslikka olib boradiganroq ishlardir.
Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin
📖 Siz izlayotgan bo‘lishi mumkin bo‘lgan o‘xshash sura nomlari: