Sura An-Nisa (Ayollar — النساء) (Oyat 40)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




4 An-Nisa(النساء), Oyat 40

إِنَّ اللَّهَ لَا يَظْلِمُ مِثْقَالَ ذَرَّةٍ ۖ وَإِنْ تَكُ حَسَنَةً يُضَاعِفْهَا وَيُؤْتِ مِنْ لَدُنْهُ أَجْرًا عَظِيمًا 40 ٤٠

Albatta, Alloh zarracha ham zulm qilmas. Agar yaxshilik bo`lsa, bir necha bor ko`paytirur va O`z huzuridan ulug` ajr berur. (40)

Tafsir
Alloh taolo odil Zotdir. Bandalariga zarracha ham zulm qilmaydi. Yaxshiliklaridan olib ham qolmaydi, yomonliklariga qoʻshib ham yubormaydi. Zarracha yaxshilik boʻlsa, Oʻz fazlidan uning savobini koʻpaytirib beradi. Oʻz huzuridan ulugʻ ajru savoblar ato etadi.

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin