Sura An-Nisa (Ayollar — النساء) (Oyat 58)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




4 An-Nisa(النساء), Oyat 58

إِنَّ اللَّهَ يَأْمُرُكُمْ أَنْ تُؤَدُّوا الْأَمَانَاتِ إِلَىٰ أَهْلِهَا وَإِذَا حَكَمْتُمْ بَيْنَ النَّاسِ أَنْ تَحْكُمُوا بِالْعَدْلِ ۚ إِنَّ اللَّهَ نِعِمَّا يَعِظُكُمْ بِهِ ۗ إِنَّ اللَّهَ كَانَ سَمِيعًا بَصِيرًا 58 ٥٨

Albatta, Alloh sizlarga omonatlarni o`z ahliga erishtirishni va agar odamlar orasida hukm qilsangiz, adolat ila hukm qilishni amr qilur. Alloh sizlarga qanday ham yaxshi va'z qilur! Albatta, Alloh eshituvchi va ko`ruvchi Zotdir. (58)

Tafsir
Alloh sizlarni olgan omonatingizni oʻz egasiga qaytarishingizga hamda odamlar orasida hakamlik qilganingizda bir tarafga ogʻib ketmasdan, adolat bilan hukm chiqarishingizga buyuradi. Alloh sizlarga naqadar yaxshi oʻgit-koʻrsatmalar beradi. Alloh hamma gaplaringizni eshitib, hamma ishlaringizni koʻrib turadigan Zotdir.

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin