Sura An-Nisa (Ayollar — النساء) (Oyat 60)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




4 An-Nisa(النساء), Oyat 60

أَلَمْ تَرَ إِلَى الَّذِينَ يَزْعُمُونَ أَنَّهُمْ آمَنُوا بِمَا أُنْزِلَ إِلَيْكَ وَمَا أُنْزِلَ مِنْ قَبْلِكَ يُرِيدُونَ أَنْ يَتَحَاكَمُوا إِلَى الطَّاغُوتِ وَقَدْ أُمِرُوا أَنْ يَكْفُرُوا بِهِ وَيُرِيدُ الشَّيْطَانُ أَنْ يُضِلَّهُمْ ضَلَالًا بَعِيدًا 60 ٦٠

Senga nozil bo`lgan narsaga va sendan oldin nozil bo`lgan narsaga iymon keltirganlarini da'vo qilayotganlarni ko`rmaysanmi?! Tog`utdan hukm so`rab borishni istarlar. Holbuki, unga kufr keltirishga buyurilganlar. Shayton esa, ularni yo`ldan butunlay adashtirishni istaydir. (60)

Tafsir
Ey Paygʻambar alayhissalom, yahudiy munofiqlarning ikkiyuzlamachiligini koʻrmadingizmi? Sizga nozil qilingan vahiyga ham, oldingi paygʻambarlarga nozil qilingan oyatlarga ham iymon keltirdik, deb davo qiladilar-da, ortidan ixtilof chiqib qolsa, hukm soʻrab Allohning shariati emas, oʻzidek xom sut emgan bandaning hakamlik qilishini istaydilar. Holbuki, Allohning shariatidan boshqasini inkor qilishga buyurilganlar. Shayton ularni butunlay, qayta hidoyatlanmaydigan darajada adashtirishni istaydi.

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin