Sura An-Nisa (Ayollar — النساء) (Oyat 67)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




4 An-Nisa(النساء), Oyat 67

وَإِذًا لَآتَيْنَاهُمْ مِنْ لَدُنَّا أَجْرًا عَظِيمًا 67 ٦٧

U holda, Biz ham ularga O`z huzurimizdan ulug` ajr bergan bo`lur edik. (67)

Tafsir
Ularga bir-birlarini oʻldirishni yoki diyorlaridan chiqishni buyurganimizda edi, bu farmonimizni juda ozchiligi bajargan boʻlardi. Shunday ekan, Alloh ularga bu qadar ogʻir ishni buyurmagani uchun U Zotga hamd aytsinlar. Oʻzlariga qilinayotgan Allohga itoat etish haqidagi pandu nasihatlarga amal qilganlarida edi, oʻzlariga yaxshiroq va iymonlari mustahkamroq boʻlardi. Biz ularga ulugʻ savob ato etib, ularni Allohga va U Zotning jannatiga olib boradigan yoʻlga muvaffaq aylagan boʻlardik.

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin