Sura An-Nisa (Ayollar — النساء) (Oyat 83)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




4 An-Nisa(النساء), Oyat 83

وَإِذَا جَاءَهُمْ أَمْرٌ مِنَ الْأَمْنِ أَوِ الْخَوْفِ أَذَاعُوا بِهِ ۖ وَلَوْ رَدُّوهُ إِلَى الرَّسُولِ وَإِلَىٰ أُولِي الْأَمْرِ مِنْهُمْ لَعَلِمَهُ الَّذِينَ يَسْتَنْبِطُونَهُ مِنْهُمْ ۗ وَلَوْلَا فَضْلُ اللَّهِ عَلَيْكُمْ وَرَحْمَتُهُ لَاتَّبَعْتُمُ الشَّيْطَانَ إِلَّا قَلِيلًا 83 ٨٣

Qachonki ularga eminlik yoki haq to`g`risida bir ish — xabar yetsa, uni taraturlar. Agar uni Payg`ambarga va o`zlaridan bo`lgan ishboshilarga havola qilganlarida edi, ulardan ish negizini biladiganlari uni anglab yetar edilar. Allohning fazli va marhamati bo`lmaganda, ozginangizdan boshqangiz shaytonga ergashib ketar edingiz. (83)

Tafsir
Mazkur munofiqlarga musulmonlarning shodligi yo xafaligi haqida bir xabar kelsa, darrov tarqatib yuboradilar. Biroz shoshmasdan, Paygʻambar alayhissolatu vassalomgami yoki ilmli, fikrli biron oqsoqolgami aytganlarida, uni yoyish yoki yoymaslik kerakligini oʻzlari hal qilib olgan boʻlar edilar. Ey moʻminlar, Alloh sizlarni Oʻz fazli va marhamati bilan anavi munofiqlar botib qolgan kirlikdan pok tutmaganida edi, ayrimlaringizdan boshqa hammangiz shaytonning vasvasalariga uchib ketgan boʻlardingizlar.

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin