Sura Ghafir (Mag‘firat qiluvchi — غافر) (Oyat 12)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




40 Ghafir(غافر), Oyat 12

ذَٰلِكُمْ بِأَنَّهُ إِذَا دُعِيَ اللَّهُ وَحْدَهُ كَفَرْتُمْ ۖ وَإِنْ يُشْرَكْ بِهِ تُؤْمِنُوا ۚ فَالْحُكْمُ لِلَّهِ الْعَلِيِّ الْكَبِيرِ 12 ١٢

Bunday bo`lishingiz Allohning yolg`iz O`ziga da'vat qilinganida, kufr keltirganingiz, Unga shirk keltirilsa, iymon keltirganingiz uchundir. Bas, hukm oliy va ulug` Allohnikidir. (12)

Tafsir
Bu azobga giriftor boʻlganingizga sabab shuki, qachon yolgʻiz Allohga chaqirilganingizda Unga kufr keltirdingiz, shirk keltirdingiz. Qachon Allohga bir sherik qilinganda esa unga iymon keltirdingiz. Bas, hukm yolgʻiz Allohnikidir. U Oʻz Zotida ham, qadarida ham, qahrida ham oliydir. U hamma-hamma narsadan Buyukdir.

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin