Sura G‘ofir (Mag‘firat qiluvchi — غافر) (Oyat 37)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




40 G‘ofir(غافر), Oyat 37

أَسْبَابَ السَّمَاوَاتِ فَأَطَّلِعَ إِلَىٰ إِلَٰهِ مُوسَىٰ وَإِنِّي لَأَظُنُّهُ كَاذِبًا ۚ وَكَذَٰلِكَ زُيِّنَ لِفِرْعَوْنَ سُوءُ عَمَلِهِ وَصُدَّ عَنِ السَّبِيلِ ۚ وَمَا كَيْدُ فِرْعَوْنَ إِلَّا فِي تَبَابٍ 37 ٣٧

Osmonlarning sabablariga yetsam, so`ngra Musoning Ilohiga boqsam. Albatta, men uni yolg`onchi deb, gumon qilmoqdaman». Shunday qilib, Fir'avnga uning yomon amali ziynatlandi va u yo`ldan to`sildi. Fir'avnning makr-hiylasi ziyonkorlikdan boshqa narsa emas. (37)

Tafsir
"Toki, samoga koʻtarilish imkoni topib, Muso aytayotgan mabudni koʻrsam. Men Musoni aniq yolgʻonchi, deb oʻylayman". Firavnga oʻzining bu manfur ishi chiroyli koʻrinib, Homonga shu istagini aytdi. Shu bilan haq yoʻldan ozib, zalolat sari ketdi. Firavnning bu ishi, yani, oʻzining botili bilan Muso olib kelgan haqni mahv etishga urinishi muvaffaqiyatsizlik bilan tugashi aniq. Zero, uning oqibati hech qachon ado boʻlmas baxtiqarolikdir, omadsizlikdir.

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin