Sura Ghafir (Mag‘firat qiluvchi — غافر) (Oyat 47)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




40 Ghafir(غافر), Oyat 47

وَإِذْ يَتَحَاجُّونَ فِي النَّارِ فَيَقُولُ الضُّعَفَاءُ لِلَّذِينَ اسْتَكْبَرُوا إِنَّا كُنَّا لَكُمْ تَبَعًا فَهَلْ أَنْتُمْ مُغْنُونَ عَنَّا نَصِيبًا مِنَ النَّارِ 47 ٤٧

O`shanda ular do`zaxda bir-birlari ila xusumat qilurlar. Bas, zaiflar mutakabbirlik qilganlarga: «Albatta, biz sizga ergashuvchi bo`lgan edik. Endi siz bizning do`zax nasibamizdan biror bo`lagini daf' qilasizlarmi?!» – derlar. (47)

Tafsir
Ey Paygʻambar, eslang. Oʻshanda doʻzaxdagi tobelar bilan peshvolar oʻzaro talashib-tortishadilar. Zaif va bechora tobelar mutakabbir peshvolarga shunday deydilar: "U dunyoda biz sizlarga tobe edik. Mana endi sizlar bizdan Allohning azobidan biron qismini daf qila olasizlarmi?"

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin