Sura Ghafir (Mag‘firat qiluvchi — غافر) (Oyat 50)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




40 Ghafir(غافر), Oyat 50

قَالُوا أَوَلَمْ تَكُ تَأْتِيكُمْ رُسُلُكُمْ بِالْبَيِّنَاتِ ۖ قَالُوا بَلَىٰ ۚ قَالُوا فَادْعُوا ۗ وَمَا دُعَاءُ الْكَافِرِينَ إِلَّا فِي ضَلَالٍ 50 ٥٠

Ular: «Sizga Payg`ambarlaringiz ochiq-oydin hujjatlar bilan kelmagan edilarmi?!» – dedilar. Bular: «Ha», deyishdi. Ular: «Bas, duo qilaveringlar. Kofirlarning duosi zalolatdan boshqa narsa emas», dedilar. (50)

Tafsir
Kofirlarga jahannam qoʻriqchilari shunday deydilar: "Sizlarga paygʻambarlaringiz ochiq hujjatlar va yorqin dalillar keltirmaganmidilar?" Kofirlar: "Ha, keltirgandilar", deb javob beradilar. Shunda qoʻriqchilar aytadilar: "Unday boʻlsa, oʻzlaringiz duo-iltijo qilaveringlar. Biz sizlarni shafoat qilmaymiz. Kofirlarning duolari zoye ketmay qolmaydi. Chunki kofirdan duo qabul qilinmaydi".

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin