Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.
Batahqiq, Biz sendan oldin ham Payg`ambarlar yuborganmiz. Ulardan kimningdir qissasini senga aytdik va ulardan kimningdir qissasini senga aytmadik. Hech Payg`ambar Allohning iznisiz oyat (mo`'jiza) keltirgan emas. Bas, qachonki Allohning amri kelganida, haq ila hukm chiqarilur va o`shanda botil ish qilib yurguvchilar ziyon torturlar. (78)
Tafsir
Ey Paygʻambar, sizdan oldin ham koʻp paygʻambarlarni yuborganmiz. Qavmlari ularni yolgʻonchiga chiqarganlar, ularga ozorlar berganlar. Hammalari bu ozorlarga sabr qilganlar. Oʻsha paygʻambarlarning ayrimlari haqida sizga hikoya qilib bergan boʻlsak, boshqalari haqida hikoya qilmaganmiz. Biron paygʻambar oʻz qavmiga Allohning iznisiz biron oyat olib kelgan emas. Kofirlarning oʻzlaricha oyatlar toʻqishi, zulmdir. Allohning paygʻambarlar bilan ularning qavmlari oʻrtasida adolat bilan ajrim qilish haqidagi farmoni kelganda kofirlar halokatga uchrab, paygʻambarlar najot topadilar. Bu paytda buzgʻunchilar magʻlub boʻladilar. Chunki ular kufr ila oʻzlarini oʻzlari halokat chohiga uloqtiradilar.
Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin
📖 Siz izlayotgan bo‘lishi mumkin bo‘lgan o‘xshash sura nomlari: