Sura Fussilat (Batafsil bayon qilingan — فصلت) (Oyat 12)
Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.
Bas, ikki kunda yetti osmonni barpo etdi va har bir osmonga ishini vahiy qildi. Biz dunyo osmonini chiroqlar-la ziynatladik va qo`ridik. Bu aziyzu o`ta ilmli Zotning o`lchovidir. (12)
Tafsir
Keyin Alloh osmonlarni ikki kunda, Payshanba va Juma kunlari yaratdi. Shu bilan osmonlaru yerning yaratilishi olti kunda nihoyasiga yetdi. Alloh har bir samoga vahiy yuborib, uning taqdirida nima borligini va qanday toat-ibodat qilishini tayinladi. Dunyo osmonini yulduzlar bilan bezadik va ular orqali samoni shaytonlarning oʻgʻrincha quloq solishlaridan asradik. Bularning hammasi hammadan Gʻolib, Aziz va maxluqotlarini juda yaxshi taniydigan, biladigan Zotning taqdiridir.
Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin
📖 Siz izlayotgan bo‘lishi mumkin bo‘lgan o‘xshash sura nomlari: