Sura Fussilat (Batafsil bayon qilingan — فصلت) (Oyat 14)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




41 Fussilat(فصلت), Oyat 14

إِذْ جَاءَتْهُمُ الرُّسُلُ مِنْ بَيْنِ أَيْدِيهِمْ وَمِنْ خَلْفِهِمْ أَلَّا تَعْبُدُوا إِلَّا اللَّهَ ۖ قَالُوا لَوْ شَاءَ رَبُّنَا لَأَنْزَلَ مَلَائِكَةً فَإِنَّا بِمَا أُرْسِلْتُمْ بِهِ كَافِرُونَ 14 ١٤

O`shanda Payg`ambarlar ularning oldilaridan ham, orqalaridan ham: «Faqat, Allohdan o`zgaga ibodat qilmanglar», deb kelganlarida, ular: «Agar Robbimiz xohlasa, farishtalarni tushirar edi. Albatta, biz siz bilan yuborilgan narsaga kofirdirmiz», dedilar. (14)

Tafsir
Ularga paygʻambarlari ketma-ket kelib, ayni ishga, yani, yolgʻiz Allohgagina bandalik qilishga davat etdilar. Kofirlar bunga javoban: "Agar Parvardigorimiz istaganida farishtalarni tushirgan boʻlardi. Biz sizlar olib kelgan risolatni inkor etamiz. Chunki sizlar ham xuddi oʻzimizga oʻxshagan odamlarsiz", dedilar.

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin