Sura Fussilat (Batafsil bayon qilingan — فصلت) (Oyat 22)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




41 Fussilat(فصلت), Oyat 22

وَمَا كُنْتُمْ تَسْتَتِرُونَ أَنْ يَشْهَدَ عَلَيْكُمْ سَمْعُكُمْ وَلَا أَبْصَارُكُمْ وَلَا جُلُودُكُمْ وَلَٰكِنْ ظَنَنْتُمْ أَنَّ اللَّهَ لَا يَعْلَمُ كَثِيرًا مِمَّا تَعْمَلُونَ 22 ٢٢

Siz o`zingizga qarshi qulog`ingiz, ko`zlaringiz va terilaringiz guvohlik berishlaridan yashirinmas edingiz. Lekin Alloh qilayotgan amallaringizning ko`pini bilmas, deb gumon qilar edingiz. (22)

Tafsir
Gunohlar qilayotgan paytingizda sizlarga qarshi quloqlaringiz, koʻzlaringiz va terilaringiz guvohlik berib qolishini oʻylamay, ulardan yashirmasdan qilaverardingizlar. Chunki sizlar oʻlimdan keyin hisob-kitob, jazo va mukofot borligiga ishonmas edingizlar. Lekin sizlar Alloh qilayotgan ishlaringizning koʻpini bilmaydi, deb oʻylardingizlar. Yashirin qilayotganingizga aldanib qolgansizlar.

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin