Sura Fussilat (Batafsil bayon qilingan — فصلت) (Oyat 31)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




41 Fussilat(فصلت), Oyat 31

نَحْنُ أَوْلِيَاؤُكُمْ فِي الْحَيَاةِ الدُّنْيَا وَفِي الْآخِرَةِ ۖ وَلَكُمْ فِيهَا مَا تَشْتَهِي أَنْفُسُكُمْ وَلَكُمْ فِيهَا مَا تَدَّعُونَ 31 ٣١

Biz hayoti dunyoda ham, oxiratda ham sizlarning do`stlaringizdirmiz. Sizga u(jannat)da ko`nglingiz ishtaha qilgan narsa bordir va sizga unda orzu qilingan narsangiz bordir. (31)

Tafsir
Dunyo hayotida biz sizlarga doʻst boʻlib, sizlarni oʻnglab va himoya qilib turganmiz. Oxiratda ham bu doʻstligimiz davom etaveradi. Jannatda sizlar uchun koʻngillaringiz tusagan nematlar va lazzatlar bir zumda muhayyo qilinadi. U yerda nimani istasangizlar, hammasiga erishasizlar.

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin