Sura Fussilat (Batafsil bayon qilingan — فصلت) (Oyat 40)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




41 Fussilat(فصلت), Oyat 40

إِنَّ الَّذِينَ يُلْحِدُونَ فِي آيَاتِنَا لَا يَخْفَوْنَ عَلَيْنَا ۗ أَفَمَنْ يُلْقَىٰ فِي النَّارِ خَيْرٌ أَمْ مَنْ يَأْتِي آمِنًا يَوْمَ الْقِيَامَةِ ۚ اعْمَلُوا مَا شِئْتُمْ ۖ إِنَّهُ بِمَا تَعْمَلُونَ بَصِيرٌ 40 ٤٠

Albatta, oyatlarimiz haqida egrilik qiladiganlar Bizga maxfiy bo`lib qolmaslar. Do`zaxga tashlanadigan odam yaxshimi yoki qiyomat kuni omon holida keladigan odammi?! Nimani xohlasangiz, qilavering. Albatta, U zot nima qilayotganingizni ko`rib turguvchidir. (40)

Tafsir
Allohning oyatlarini inkor qilib, yolgʻonga chiqarib, teskarilik qiladiganlarning ahvolidan juda yaxshi Xabardormiz. Doʻzaxga uloqtiriladigan odam Qiyomat kuniga tinch-xotirjam keladigan odam bilan barobarmi? Ey odamlar, yomonlik qilasizlarmi, yaxshilik qilasizlarmi, istaganingizni qilaveringlar. Sizlarga yaxshilik nima, yomonlik nima, bayon qilib qoʻydik. Alloh qilayotgan ishlaringizni Koʻrguvchidir.

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin